«Bunyodkor» futbol klubi o`z tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo`shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jamoa 13 mavsumdan beri Farg`onaning «Neftchi» jamoasi sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Mansur Saidov va so`nggi mavsumning ikkinchi yarmini «Navbahor»da o`tkazgan himoyachi Rustam A`zamov bilan shartnoma imzoladi. Har ikkala futbolchi klub bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.
Avvalroq, Shukurali Po`latov («Neftchi»), Vohid Shodiev («Buxoro») va Bobur Akbarov («Guliston») kabi futbolchilar «Bunyodkor» bilan shartnoma imzolagan edi.