18 dekabr kuni «Andijon» jamoasi 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bosh murabbiy Azamat Abduraimovga mashg`ulotlarda Orif Mamatkazin va Abdurashid Ismoilov yordam bermoqda. Mashg`ulotlarda 23 nafar futbolchi ishtirok etmoqda.
«Bularning orasida Rahim Qodirov, Rasul Rahmonov, Lochin Soliev, Alisher To`xtasinov, Sardor Soibov, Bekzod G`oziev, G`iyos Komilov kabi asosiy o`yinchilar hamda bir qator yoshlar borligini aytish mumkin», - deyiladi klub xabarida.
Umuman olganda dastlabki yig`inda mahalliy va vodiylik futbolchilar ishtirok etmoqda. «Andijon»ning birinchi yig`ini 30 dekabrga qadar davom etadi.