O`zbekiston vitse-chempioni «Lokomotiv» safida bir qator futbolchilar ko`rikdan o`tmoqda. Ular orasida Ukraina va Moldova futbolchilari ham bor.
«Temiryo`lchilar» safida ayni damda Roman Abdulov, Vyacheslav Shevchenko (Ukraina), Andrey Kozakari (Moldova), Sarvarbek Safarov, Alisher Fayziev kabi futbolchilar ko`rikdan o`tishmoqda», - deyiladi klub xabarida.
Ma`lumot uchun, kuni kecha «Lokomotiv» futbolchilari ikkiga bo`lingan holda nazorat o`yini o`tkazishgan. O`yin 2:1 hisobida «qizillar» g`alabasi bilan yakuniga etgan. Uchrashuvdagi «qizillar»ning gollariga ukrainalik futbolchi Vyacheslav Shevchenko va Islom To`xtaxo`jaev (penaltidan), «oqlar»ning goliga Alisher Fayziev mualliflik qildi.