2013 yilgi mavsum Oliy Liga debyutanti «Guliston» jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Baxtiyor Ashurmatov «Bunyodkor» murabbiylar shtabiga qo`shildi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ayni paytda «PRO» litsenziyasi uchun tahsil olyotgan Baxtiyor Ashurmatov murabbiylikdagi keyingi faoliyatini Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi bilan bog`ladi. Yosh mutaxassis jamoamizning murabbiylar shtabida Mirjalol Qosimovga ko`maklashadi», - deyiladi klub xabarida.
Qayd etish joiz, futbolchilik faoliyati davomida Ashurmatov «Bunyodkor» safida 62 uchrashuvda maydonga tushgan hamda jamoa bilan birga O`zbekiston chempioni va Kubogi sohibi bo`lgan, shuningdek, OChL-2008 yarim finaliga qadar etib borgan.