2013 yilgi mavsumni «Navbahor» safida o`tkazgan hujumchi Ro`zimboy Ahmedov «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Farg`ona klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, jamoa himoyachi Dilyor Ermatov bilan shartnomani uzaytirgan. Shuningdek, o`tgan mavsum ikkinchi yarmida jamoaga qo`shilgan Vyacheslav Ponomaryov va Mirzakamol Kamolov ham yangi mavsumni «Neftchi»da boshlash arafasida.
Jamoa mashg`ulotlarida, shuningdek, «Paxtakor»dan Maksimilian Fomin, «So`g`diyona»dan Murod Toshmatov, «Navbahor»dan Ilhom Boydedaev ham ishtirok etmoqda.
Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, jamoa sardori Mansur Saidov «Neftchi»ni rasman tark etgan.