«Bunyodkor» Vohid Shodiev va Shukurali Po`latov bilan shartnoma imzoladi

O`zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi – «Bunyodkor» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 14 dekabr kuni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

15-16 dekabr kuni asosan tiklanish mashqlari rejalashtirilgan bo`lsa, 17 dekabrdan boshlab mashg`ulotlar kuniga 2 martadan o`tkazilinadi. Dastlabki yig`in 29 dekabr kuni nihoyasiga etadi.

2014 yilning 3 yanvar kuni «qaldirg`ochlar» ikkinchi yig`in uchun to`planishadi va 2 hafta davomida yana o`z qarorgohlarida jismoniy mashg`ulotlarga zo`r berishadi. 18 yanvar kuni esa «Bunyodkor» jamoasi dastlabki horijiy yig`inni o`tkazish uchun BAAga jo`nab ketadi.

Klub bilan shartnomalari nihoyasiga etgan futbolchilar - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Anvar G`ofurov, yarim himoyachilar Lutfulla To`raev va Jasur Xasanov jamoani tark etishdi va poytaxtning yana bir klubi – «Lokomotiv» safiga o`tishdi.

O`z navbatida «Bunyodkor» klubi himoyachilar Boburjon Akbarov («Guliston») va Shukurali Po`latov («Neftchi»), shuningdek hujumchi Vohid Shodievni («Buxoro») o`z safiga taklif etdi. Kecha bu futbolchilar bilan 2 yillik muddatga shartnoma imzolandi.

«Selektsiya ishlari mavsum boshlanguncha davom etadi. Legionerlar masalasiga esa, BAA va Turkiyadagi yig`inlardan so`ng oydinlik kiritiladi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb