Yangi mavsumda o`z oldiga yuqori maqsadlarni qo`ygan «Neftchi» jamoasi tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Amet Memet boshchiligidagi murabbiylar shtabi kuniga ikki mahaldan mashg`ulotlar olib borishmoqda, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
«Jamoadagi yangiliklarga kelsak, shartnomasi yakuniga etgan futbolchilar: Iqbol Akramov, Sherzod Hakimov va Shavkat Nasibullaevlar jamoani tark etishdi. Jamoa bilan shug`ullanib turgan Sardor Mirzaev va Shukurali Po`latovlar ham shartnomasi tugaganligi sabab boshqa jamoaga o`tib ketishdi. Klub rahbariyati bu ikki futbolchiga yangi bitim taklif etganiga qaramay, ular Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoada o`ynashni lozim topishdi», - deyiladi klub xabarida.
«O`z navbatida klub rahbariyati, murabbiylar shtabi bu futbolchilarga «Neftchi»dagi yorqin o`yinlari uchun minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatlariga omad tilaydi», - deya qo`shimcha qiladi «Neftchi» matbuot xizmati.