9 dekabr kuni Farg`onaning «Neftchi» klubi 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ikki kun oldin Amet Abdullaevich Memet Farg`onaga kelgandi. Erta tongdan esa futbolchilar birin-ketin bazaga to`plana boshlashdi. Tushlikdan keyin murabbiylar shtabining qolgan vakillari – jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiy Eldar Sakaev, darvozabonlar murabbiyi Vyacheslav Tomilin, va katta murabbiy Shamil Iseevlar Farg`onaga etib kelishdi. Mashg`ulotdan oldin murabbiylar shtabi kichik yig`ilish o`tkazishdi», - deyiladi «Neftchi» xabarida.
Mashg`ulotda ikki nafar yangi o`yinchi ishtirok etgan. Bular, yakuniga etgan mavsumni «So`g`diyona»da o`tkazgan Ma`ruf Murodov hamda «Istiqlol» o`yinchisi G`ulomhaydar G`ulomovdir.
Jamoaning qolgan vakillari: Mansur Saidov, Nosir Otaqo`ziev, G`ayrat Hasanov, Baxtiyor Yoqubov, Sardor Mirzaev, Shukurali Po`latov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov, Otabek Isroilov, Farux Turdaliev, Xislat Chilmatov, Sanjar Asqaraliev, Pavel Smolyachenko kabi etakchi futbolchilar mashg`ulotda qatnashishgan. Mavsum-2013ni o`rinbosarlar safida o`tkazgan bir qator futbolchilar ham asosiy tarkib bilan shug`ullanishgan.