«Neftchi» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

3-8 dekabr kunlari «Siz «Neftchi» PFK jamoasida o`ynashni xohlaysizmi?» shiori ostida 1994, 1995, 1996 yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasidagi saralash musobaqasi bo`lib o`tdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, turnirda viloyatning barcha shahar va tumanlar terma jamoalari ishtirok etishdi.

Barcha saralash uchrashuvlari Farg`ona shahridagi «Neftchi» PFK futbol maktabining sun`iy maydonida o`tkazildi. O`yinlarni Viloyat Futbol federatsiyasi, «Neftchi» PFK klubi hamda futbol mutaxassislaridan tuzilgan selektsiya guruhi uchrashuvlarni kuzatib bordi.

Farg`ona da yosh iste`dodli futbolchilar ko`p ekanligi yana bir marta o`z tasdig`ini topdi. Boisi, selektsiya guruh a`zolari bir nechta futbolchilarni yon daftarchalariga yozib qo`yishdi. Ushbu futbolchilarning aksariyati yangi yilda «Neftchi» jamoasi o`rinbosarlari safidan joy olsa ajab emas.

Turnirda 1200 nafarga yaqin yosh futbolchilar ishtirok etishdi. Saralab olingan yosh futbolchilar endi o`rinbosarlar safidan joy olish uchun yig`inlarda ishtirok etishadi. Bu erda ham o`zini ko`rsatganlar yangi mavsumni «Neftchi» jamoasida boshlashadi.

«Neftchi» jamoasining asosiy tarkibi esa bugun birinchi bo`lib yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboshadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb