«Mash`al» Qo`ziboev va Murtazoev bilan shartnomani uzaytirdi

2013 yilgi mavsumda Birinchi ligada to`purarlik mahoratini namoyish etgan «Mash`al» hujumchisi Zohir Qo`ziboev klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Muborak klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Kasbilik hujumchi bu mavsum «gazchilar» safida birinchi liga bahslarida 20ta gol urishning uddasidan chiqdi. U birinchi bosqichda 8ta, ikkinchi bosqichda 12ta gol urishning uddasidan chiqdi», - deb yozadi «Mash`al» sayti.

«Shuningdek, kasbilik yana bir futbolchi Bahodir Murtazoev ham «Mash`al» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Murtazoev yakuniga etgan birinchi liga bahslarida 8 bor raqiblar darvozasini ishg`ol qildi. U birinchi bosqichda 5ta, ikkinchi bosqichda 3 marta gol urishga muvaffaq bo`ldi», - deyiladi klub sayti xabarida.

Avvalroq, «Mash`al» rahbariyati bir qator futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirgan, shuningdek, hujumchi Muydin Mamazalunov bilan shartnoma imzolagan edi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb