Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha avstraliyalik murabbiy Mirko Elichich bungacha «Paxtakor»da ushbu vazifani bajarib kelgan Andrey Shipilovning o`rnini egalladi. Bu haqda «Paxtakor» matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ayni kunlarda «Pro» litsenziyasi kurslarida tahsil olayotgan Shipilov o`z xohishiga ko`ra vazifasidan bo`shadi. Shu tariqa bo`shab qolgan fitnes murabbiyi vazifasiga bungacha jamoamizda ikki bor faoliyat yuritgan Mirko Elichich taklif etildi», - deyiladi «Paxtakor» matbuot xizmati xabarida.
Avstraliyalik mutaxassis faoliyati mobaynida «Kokbern Siti», «Pert Glori», «Oklend Kings», «Sabah» va «Bek Tero Sasana» klublarida, shuningdek, O`zbekiston terma jamoasida ish yuritgan.