«Navbahor» yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrda boshlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Yakuniga etgan chempionatning so`nggi qismida «Navbahor»da maslahatchi murabbiy sifatida ishlagan No``mon Hasanov kuni-kecha Namanganda bo`lib, keyingi rejalar xususida klub rahbarlari bilan uchrashdi. Hozirda tarkibni kuchaytirish va raqobatbardosh jamoani shakllantirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda», - deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.