2013 yilgi O`zbekiston chempionatining eng yaxshi to`purari Aleksandr Pishur yangi mavsumda ham «Bunyodkor» sharafini himoya qiladi. Bu haqda Toshkent klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
30 noyabr kuni ukrainalik hujumchi «Bunyodkor» FKning yil yakunlariga bag`ishlab o`tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi va oltin medal bilan taqdirlandi.
«O`sha kuni ma`lum bo`ldiki, u keyingi mavsumda ham «Bunyodkor» safida harakat qiladi», - deb yozadi «Bunyodkor» matbuot xizmati.
1 dekabr kuni u Ukrainaga qaytib ketdi. Tez kunda u yana Toshkentga keladi va «Bunyodkor»ning mavsumoldi yig`inlarida ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» homiylari 2014 yilgi mavsumda jamoa oldiga Osiyo Chempionlar ligasida g`olib chiqish va klublar o`rtasidagi Jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritish vazifasini qo`yishdi.