«Lokomotiv» yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrda boshlaydi

Oliy Liga-2013ni ikkinchi o`rinda yakunlagan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi yangi – 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrdan boshlaydi. Bu haqda klub sport direktori Ravshan Muqimov 22 noyabr kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.

Muqimovning so`zlariga ko`ra, yangi mavsumga tayyorgarlik 10 dekabr kuni boshlanadai va 25 dekabrgacha Toshkentda davom etadi. Ushbu yig`in doirasida ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan so`ng, yanvar oyida BAAda, fevralda Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish rejalashtirilgan. Oliy Liga-2014 bahslari boshlanguni qadar «Lokomotiv» 14-15ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishni rejalashtirgan.

Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylovning so`zlariga ko`ra, mavsum o`rtasida jarohat olgan hujumchi Farhod Tojiev hozirda Germaniyada davolamnoqda, yanvardan esa umumiy guruh mashg`ulotlariga qo`shilishi kutilmoqda. Sadriddin Abdullaevning ahvoli esa nisbatan jiddiy bo`lib, shu kunlarda Germaniyaga jo`nab ketadi va taxminan aprelda tarkibga qaytadi.

Fuzaylovning qo`shimcha qilishicha, jamoa yaqinda «Bunyodkor»dan olingan Lutfulla To`raevdan tashqari, tarkibni boshqa futbolchilar ham to`ldirish rejasi bor. Jumladan, tarkibga jalb etilishi mumkin bo`lgan futbolchilar ro`yxatida Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarim himoyachisi Jasur Hasanov va Toshkentning «Paxtakor» klubi hujumchisi Temurxo`ja Abduxoliqov ham bor. Jamoaga kimlar kelishi va kimlar ketishi yaqin o`n kunda ma`lum bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb