«Dinamo» muxlislari Andrey Melnichukni eng yaxshi deb topishdi

Samarqandning «Dinamo» jamoasi muxlislari o`rtasida klub rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma yakuniga etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

So`rovnoma yakunlariga ko`ra, muxlislar jamoa darvozasini uch mavsumdan beri qo`riqlab kelayotgan ukrainalik posbon – Andrey Melnichukni eng yaxshi deb topishgan. U jami ovozlarning 48,6 foizini to`plashga muvaffaq bo`lgan.

Mavsum davomida raqiblar darvozasiga 10ta gol urishga muvaffaq bo`lgan yosh hujumchi Farrux Shotursunov so`rovnomada ikkinchi, uchinchi o`rinni esa boshqa bir yosh hujumsi San`at Shixov egallagan. Komil Sharofutdinov va Sirojiddin Sayfiev mos ravishda to`rtinchi va beshinchi o`rinlarni band etishdi.

Ma`lumot uchun, 2012 yilgi shunday so`rovnomada hujumchi Ivan Nagaev birinchi, darvozabon Andrey Melnichuk esa ikkinchi bo`lgandi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb