Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabr kuni o`z qarorgohida boshlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Klub rahbariyatining jamoaning o`zagini saqlab qolishga maqsad qilgan. Shartnomasi yakuniga etayotgan futbolchilar bilan bitimlarni yangilash va yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, klub futbolchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini deyarli bajarib bo`lgan.