2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslarida g`olib chiqqan Muborakning «Mash`al» jamoasi Oliy Liga-2014 uchun tarkibni kuchaytirishni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Mash`al» shu kungacha jamoaning to`rt nafar futbolchisi bilan shartnomalarni uzaytirgan. Sherzod Fayziev shartnomasini ikki yilga uzaytirgan bo`lsa, Jamshid Hasanov, Mirzohid G`ofurov va Sanjar Quvvatov yana bir yil «Mash`al»da o`ynaydi.
Klub rasmiy saytining qo`shimcha qilishicha, Tachmurad Agamuradov yoki Yuriy Sarkisyan «Mash`al»da ish boshlashi haqidagi gap-so`zlar mish-mishdan boshqa narsa emas. Klub jamoani Oliy Ligaga olib chiqqan rossiyalik mutaxassis – Aleksandr Xomyakov bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan.