«Paxtakor» 20 dekabrgacha dam oladi

«Paxtakor» murabbiy shtabi 20 dekabrga qadar futbolchilarga dam berishga qaror qildi. Bu haqda «Paxtakor» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, jamoa dekabrning oxirgi kunlarida tibbiy ko`rikdan o`tish va mashg`ulotlarning birinchi bosqichini boshlash uchun yig`iladi. 2014 yil boshida esa xorij yig`iniga jo`nab ketiladi.

Hozirgi vaqtda besh nafar futbolchi – Aleksandr Lobanov, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev milliy terma jamoaning Vetnam va Gongkongga qarshi o`yinlariga jalb etilgan.

Shuningdek, klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa yarim himoyachisi Dilshod Sharofetdinov Malayziyaning «Sime Darbi» jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Tomonlar kelishuviga ko`ra, futbolchi ikki yil davomida ijara asosida Malayziyada to`p suradi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb