16 sentyabr kuni O`zbekiston Kubogi final uchrashuviga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi final o`yini o`tkazilish joyi va vaqtiga aniqlik kiritildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Kubogi - 2013 final bahsi 25 sentyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 18:00ga belgilandi.
Tashlangan qur`aga ko`ra, Qarshining «Nasaf» klubi o`yinda rasmiy mezbon, Toshkentning «Bunyodkor» esa mehmon sifatida qayd etildi.
O`zbekiston Kubogi - 2013. FINAL
25 sentyabr, chorshanba.
Toshkent. «Paxtakor» stadioni
«Nasaf» (Qarshi) - «Bunyodkor» (Toshkent)