Kletskov va Risqullaev mavsum oxirigacha chetlatildi

Shartnoma shartlarini buzgani uchun, Samarqandning «Dinamo» klubi o`yinchilariga nisbatan jazo choralari qo`llanildi.

Samarqandning «Dinamo» klubi futbolchilari – Aleksandr Kletskov va Ahrol Risqullaev amaldagi shartnomalarining 3-moddasi 3.8-bandini, shuningdek, Futbolchilarning maqomi va o`tishi to`g`risidagi Reglamentning 6-ilovasi 5.51-bandi («mehnat shartnomasi talablarini uzrli sabablarsiz buzish») talablarini buzishgan.

Shunga muvofiq, har ikkala futbolchi O`FF Futbolchilar maqomi va o`tishi qo`mitasi qaroriga asosan, 2013 yilning 31 dekabriga qadar diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya muddati yakuniga etganidan so`ng futbolchilar, tovon puli to`lovisiz, istalgan klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Bundan tashqari, Qo`mita «Dinamo» futbol klubiga futbolchi Aleksandr Kletskov bilan 2013 yilning 5 avgust holati bo`yicha, futbolchi Ahrol Risqullaev bilan 2013 yil 10 avgust holatiga ko`ra oylik maoshlari bo`yicha talablarni bajarish va tegishli moliyaviy hujjatlarni O`FFga taqdim etish majburiyatini yuklagan.

O`zPFL Sport bo`limi mutaxassislarining alohida qayd etishlaricha, agar futbol klublari va futbolchilar o`rtasidagi mehnat shartnomalarini imzolashga agentlar jalb etiladigan bo`lsa, u holda shartnomaga agentning ismi va familiyasi, uning pasporti va professional faoliyatini tasdiqlovchi hujjat kseronusxasi, shuningdek, futbolchi va agent o`rtasidagi vakillik to`g`risidagi shartnoma (bitim) ilova qilinishi kerak. Futbolchilarning maqomi va o`tishi to`g`risidagi Reglament 18-moddasiga ko`ra, shartnomaning har bir nusxasida agentning imzosi bo`lishi shart.

mib
uzcard
cola
apex
bmb