Belarus olimpiya termasi futbolchisi «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi

Oliy Liga ishtirokchisi, Buxoroning «Buxoro» futbol klubi ikkinchi davra o`yinlari arafasida tarkibni kuchaytirdi.

Jumladan, klub Belarus olimpiya terma jamoasi sobiq himoyachisi, 23 yoshli Yuriy Rijko bilan shartnoma imzoladi. 2011 yili Daniyada bo`lib o`tgan yoshlar o`rtasidagi Evropa chempionati bronza medal egasi hisoblangan futbolchi «Paxtakor»ga qarshi 14-tur uchrashuvida «Buxoro» safida maydonga tushishga ham ulgurdi.

Shuningdek, birinchi davrani «Bunyodkor» tarkibida o`tkazgan hujumchi Bahodir Pardaev ham «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi. O`zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hisoblangan hujumchi Oliy Liga 14-turi doirasida «Paxtakor»ga qarshi o`yinda «Buxoro» safida debyut qilib, dastlabki golini urishga ham muvaffaq bo`ldi, biroq ushbu gol Agamuradov shogirdlarinig Toshkentdan ochko bilan qaytishlari uchun etarli bo`lmadi.

Eslatib o`tamiz, 10 avgust kuni Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Shu kuni «Buxoro» o`z maydonida Bekobodning «Metallurg» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb