Farg`onaning «Neftchi» jamoais 30 iyuldan ikkinchi davraning dastlabki o`yini – «Sho`rtan»ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Neftchi» mashg`ulotlarni o`z qarorgohida olib bormoqda. Ma`lumot o`rnida, 4 avgust, yakshanba kuni Farg`onada bo`lib o`tadigan «Neftchi» – «Sho`rtan» uchrashuvini Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
«Neftchi» rasmiy saytining qayd etishicha, davralar oralig`ida jamoa safiga sakkiz nafar yangi futbolchi kelib qo`shilgan. Zayniddin Tojiev, Pavel Smolyachenko («Lokomotiv»), G`ayrat Hasanov, Mirzakamol Kamolov («Nasaf»), Nosir Otaqo`ziev, Xislat Chilmatov («Guliston»), G`ulom O`runov («Paxtakor») va Vyacheslav Ponomaryov («Sho`rtan»).
Jamoani tark etgan futbolchilar to`g`risida ma`lumot berilmagan.