Ikkkinchi davra o`yinlariga Toshkentda tayyorgarlik ko`rgan «Olmaliq» uchta nazorat o`yinida maydonga tushdi.
Dastlabki nazorat o`yini «Neftchi»ga qarshi o`tkazilgan edi va unda Shkvirin shogirdlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. «Metallurg»ga qarshi ikkinchi o`yinda esa 5:2 hisobi qayd etildi va «Olmaliq» Zafar Polvonov (dubl), Sanjar Shoahmedov, Shahboz Erkinov va Ma`mur Abdullaevning gollari evaziga g`alaba qozondi.
«Dinamo»ga qarshi uchinchi nazorat o`yinida esa 1:1 hisobi qayd etilgani haqida avval xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuvda, klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, biroz betobligi sabab, «Olmaliq»ning etakchi himoyachilaridan biri Evgeniy Gogol maydonga tushmagan.
«Olmaliq» mashg`ulotlarni 2 avgustgacha Toshkentda olib boradi. «So`g`diyona» bilan o`tadigan ikkinchi davraning birinchi o`yiniga tayyorgarlik Yangierda davom ettiriladi. Eslatib o`tamiz, jizzaxliklarga qarshi safarda 4 avgust, yakshanba kuni bo`lib o`tadigan uchrashuvni Hasan Ro`ziev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.