«Guliston» – «Qo`qon-1912» uchrashuvida 4ta penalti belgilandi

«Guliston» 29 iyul kuni «Do`rmon»da O`zbekiston Birinchiligi peshqadamlaridan biri – «Qo`qon-1912»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda sirdaryoliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qiziqarli kechgan o`yin 3:2 hisobida «Guliston» foydasiga hal bo`lgan. Klub rasmiy saytining qayd etilishicha, uchrashuvni boshqarib borgan Olim To`ychiboev o`yin davomida har ikkala jamoa darvozasiga ikki martadan penalti belgilagan.

«Guliston» hujumchisi Xurshid Yo`ldoshev amalga oshirgan ikki penaltidan bittasida zarbani yo`llashda noaniqlikka yo`l qo`ygan bo`lsa, «Qo`qon-1912» hujumchisi Aziz To`xtaboev jamoasi ishlagan har ikkala 11 metrlikni golga aylantirgan. Qayd etish joiz, «Guliston»ning qolgan ikki goli ikkinchi davra arafasida «Guliston»ga qo`shilgan Sergey Rekun («Paxtakor») va Shukur Jumaboev («Sho`rtan») hisobiga yozildi.

«Guliston» rasmiy saytining qo`shimcha qilishicha, jamoa tarkibida ayni vaqtda G`anisher Samandarov («Zarafshon-NTsZ»), Habibullo Buvataev («Neftchi»), Shukur Jumaboev («Sho`rtan»), Sergey Rekun («Paxtakor»), Sanjar Baratov («Nasaf») singari futbolchilar ko`rikdan o`tishyapti.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb