«Qizilqum» Buxoroning «Spartak»ini mag`lub etdi

Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga Navoiy shahrida hozirlik ko`rayotgan «Qizilqum» 28 iyul kuni nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Buxoroning «Spartak» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zarafshonliklar 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Jamoa gollari Akmal Xoliqov va Dauren Eshboev hisobiga yozildi. Ushbu uchrashuvda, jarohati sabab, Akmal Rustamov va G`ulomhaydar G`ulomov maydonga tusha olmadi.

«Rejaga ko`ra, Yuriy Lukin shogirdlari 30 iyul kuni yana bir o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib nomi esa bugun aniq bo`ladi», - deb yozadi «Qizilqum» rasmiy sayti.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb