Jizzaxning «So`g`diyona» klubi Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini yakunladi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jizzaxliklar Toshkent yig`ini doirasidagi so`nggi nazorat o`yinini 27 iyul kuni Farg`onaning «Neftchi» jamoasiga qarshi o`tkazishdi. O`yin 3:2 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo`ldi. Jamoa gollariga Renat Bayramov (penaltidan) va Ilyos Qurbonov (dubl) mualliflik qildi.
«So`g`diyona» Toshkent yig`ini davomida, «Neftchi»dan tashqari, «Navbahor» (2:0), «Buxoro» (3:3), «Sho`rtan» (3:2), «NBU-Osiyo» (0:3) jamoalariga qarshi nazorat o`yinlari ham o`tkazdi.