Temur Hakimov «Andijon»dan ketdi

O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan «Andijon» tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoaga «Surxon»dan Tohir Mahmudov va Ulug`bek Norqobilov kelib qo`shilgan, shuningdek, etakchi yarim himoyachilardan biri – Asqar Jadigerov ham jamoaga qaytgan. «Paxtakor»dan ijaraga olingan Temur Hakimov endi «Andijon»da o`ynamaydigan bo`ldi», - deb yozadi «Andijon» rasmiy sayti.

Jamoa tayyorgarlik jarayoni doirasida «Neftchi» o`rinbosarlariga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. O`yin 3:1 hisobida Oliy Liga o`rinbosarlari g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Andijon»ning yagona goli Bahrom Abdurahimov hisobiga yozildi.

«Andijon» navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini 31 iyul kuni «Navbahor»ga qarshi o`tkazadi. Bu o`yin «Sog`lom avlod» stadionida soat 18:45da boshlanadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb