«Guliston» jamoasi Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga 27 iyuldan Toshkentda tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jamoani Nosir Otaqo`ziev, Hislat Chilmatov (ikkisi ham – «Neftchi»ga), Ibrohim Rahimov va Sobir Usmonxo`jaev (ikkisi ham – «Lokomotiv»ga) tark etgan. «Paxtakor»dan Sergey Rekun va Jaloliddin Saidov, «Zarafshon-NTsZ»dan G`anisher Samandarov esa sirdaryoliklar mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda.
Jamoa 25 iyul kuni Toshkent shahridagi «To`qimachi» stadionida «Neftchi»ga qarshi bahs olib borib, 3:3 hisobid durang qayd etgandi. Navbatdagi o`yin esa 29 iyul kuni «Do`rmon» stadionida «Qo`qon-1912» jamoasiga qarshi o`tkaziladi.