«Qizilqum» mashg`ulotlarni Navoiyda davom ettirmoqda

«Qizilqum» jamoasi ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Navoiy shahrida davom ettiryapti. O`quv-mashg`ulot yig`inida o`ttiz nafarga yaqin futbolchi qatnashmoqda, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

«Ikkinchi davrada jamoa tarkibida ko`plab yangi nomlar paydo bo`lishi kutilmoqda. Hozirda mashg`ulotlarda mavsumning birinchi yarmida «Zarafshon», «Guliston», «So`g`diyona», «Olmaliq», «Bunyodkor», «Nasaf» kabi jamoalarda to`p surgan ko`plab o`yinchilar murabbiylar ko`rigidan o`tyapti. Ulardan kimlarning jamoa tarkibiga qo`shilishi yig`in oxirida ma`lum bo`ladi», - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.

Kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg`ulotlarni murabbiylar Yuriy Lukin va Obid Xudoyorovlar olib borishyapti. Rejaga ko`ra, zarafshonliklar 30 iyulga qadar oliy liga jamoalaridan biri bilan o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Raqib jamoa nomiga bir-ikki kun ichida oydinlik kiritiladi.

«Zarafshondagi «Qizilqum» stadionida rekonstruktsiya va ta`mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan futbolchilarimiz ikkinchi davra uy uchrashuvlarini Navoiy shahrida o`tkazish ehtimoli ham yo`q emas. Bu uchrashuvlarning qaysi stadionda o`tkazilishi yaqin kunlarda e`lon qilinadi», - deya qo`shimcha qilingan xabarda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb