27 iyul kuni G`uzorning «Sho`rtan» klubi O`zbekiston Birinchiligi vakili – «NBU-Osiyo» bilan nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda Qashqadaryo klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
O`yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. «Birinchi bo`limda «Sho`rtan» jamoasi ustozi maydonga deyarli asosiy tarkib o`yinchilarini tushirdi. Aynan ularning sa`iy-harakatlari bilan raqib darvozasi ikki bor ishg`ol qilindi. Ikkinchi bo`limda esa maydonda asosiy tarkibga nomzod sanalgan futbolchilar to`p surishdi», - deb yozadi g`uzorliklar sayti.
Xuddi shu kuni, Oliy Liganing boshqa bir vakili – «So`g`diyona» ham «NBU-Osiyo»ga qarshi nazorat o`yinida ishtirok etdi. Ushbu o`yinda O`zbekiston Birinchiligi vakili Oliy Liga jamoasi ustidan yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozondi. Bu haqda «So`g`diyona» rasmiy sayti xabar bermoqda.