«Mash`al» «Navbahor» darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi

27 iyul kuni Toshkent viloyatida Muborakning «Mash`al» va Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasida nazorat o`yini bo`lib o`tdi. Bu haqda «Mash`al» rasmiy sayti xabar bermoqda.

O`yin 2:0 hisobida muborakliklar foydasiga hal bo`ldi. Mirzohid G`ofurov va Bahodir Murtazoev tomonidan kiritilgan gollar O`zbekiston Birinchiligi vakiliga Oliy Liga jamoasi ustidan g`alaba qozonish imkonini berdi.

«Navbahor» rasmiy sayti xabariga ko`ra, «Mash`al»ga qarshi o`yin namanganliklar uchun Toshkent yig`ini doirasidagi so`nggi bahs bo`lgan. «Mash`al» esa 31 iyul kuni Oliy Liganing boshqa bir vakili – «So`g`diyona»ga qarshi Zominda to`p suradi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb