«Bunyodkor» «Buxoro»ni yirik hisobda mag`lub etdi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik doirasida dastlabki o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishdi. Bu haqda «Bunyodkor» rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Bunyodkor» va «Buxoro» o`rtasida bo`lib o`tgan o`yin 4:1 hisobida Toshkent jamoasi foydasiga hal bo`lgan. «Ma`lum vaqt tog` sharoitida asosan jismoniy mashqlarga urg`u bergan bunyodkorchilar uch haftalik tanaffusdan so`ng yashil maydonda saf tortishgandi», - deb yozadi «Bunyodkor» rasmiy sayti.

Uchrashuvdagi gollarga, «Bunyodkor»dan Igor Taran, Dilshod Jo`raev, Lutfulla To`raev va Oleg Zoteev mualliflik qilgan bo`lsa, «Buxoro»ning yagona javob goli Alisher Mahmudov hisobiga yozildi. «Bunyodkor»ga zayavka qilingan «Neftchi»ning sobiq hujumchisi Anvar Berdievda esa o`yin davomida qator imkoniyatlar bo`ldi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb