Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Lokomotiv» rasmiy sayti xabariga ko`ra, O`zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi hisoblangan Sanjar Tursunov Rossiya 1-divizionida ishtirok etuvchi Orenburgning «Gazovik» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Sanjar Tursunov 2013 yil boshida «Lokomotiv» tarkibiga qo`shilgan edi. Birinchi davra davomida futbolchi «temiro`lchilar» safida 11 uchrashuvda maydonga tushdi.