G`uzorning «Sho`rtan» klubi Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga Toshkentda hozirlik ko`rmoqda. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bevosita tarkibga to`xtaladigan bo`lsak, birinchi davrada «Sho`rtan» sharafini himoya qilgan Asror Aliqulov, Aleksandr Korneychuk, Zohid Raupov, Yaroslav Krushelnitskiy, Botir Qodirqulov, Abbos Omonov, Ibrohim Otaxonov, Aleksandr Vostrikov, Pavel Solomin, Jamol Otaqulov singari tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, asosiy tarkibga nomzod sanalgan Tolib Ochilov, Bobur To`raev, Elyor Intizomov, Shahzod Xursanov, Olim Karimov, Yusuf Bo`riev, G`ulom Rahmonov, Umar Eshmurodovlar ham mashg`ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Sinovdan o`tayotgan yangi futbolchilar haqida gap ketganda, darvozabonlar – Mixail Spiridonov («NBU-Osiyo»), Temur Juraev («Paxtakor»), futbolchilar Abduvali Mo`minov (Kozog`iston birinchi divizioni), Ravshan Abduvohidov («Chust-Paxtakor»), Mahmud Abdurahmonov («Zomin»), Aziz G`ulomxo`jaev («Qizilqum»), Javlon Guseynov («Neftchi»), Sanjar To`raqulov, Feruz Faxriddinov va Alisher Ibrohimov («Nuriston», Qashqadaryo ikkinchi ligasi)larni tilga olib o`tishimiz mumkin.
Ularning «Sho`rtan» tarkibida qolish-qolmasligi mana shu yig`in davomida aniq bo`ladi. Jamoa 25 iyul kuni «So`g`diyona»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.