Tajribali hujumchi Anvar Berdiev «qaldirg`ochlar» mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda «Bunyodkor» rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Bunyodkor» FK Anvar Berdievni O`zPFLdan rasmiy ravishda o`z safiga ro`yxatdan o`tkazdi. Bundan-buyon «qaldirg`ochlar»ning yangi a`zosi jamoa sharafini himoya qila oladi. Anvar Berdiev «Bunyodkor» safida 29-raqam ostida harakat qiladi.
Eslatib o`tamiz, Anvar Berdiev bilan «Bunyodkor» FK o`rtasida bir yarim yillik bitim imzolangan.