Birinchi liganing ikkinchi bosqichidan o`rin olgan o`yinlarga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Mash`al» 25 iyul kuni Yangierga yo`l oldi va yig`inning qolgan qismini o`sha erda o`tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shu paytgacha «Mash`al» Toshkent viloyatining tog`li hududida jismoniy tayyorgarlik mashqlarini olib bordi.
Jamoadagi o`zgarishlarga to`xtaladigan bo`lsak, birinchi bosqichdan keyin klubni hech kim rasman tark etgani yo`q. Faqat «Alanga» jamoasidan Oybek Polvonov kelib qo`shilgan xolos.