«Neftchi» bir kunda ikkita o`yin o`tkazdi

25 iyul kuni Farg`onaning «Neftchi» jamoasi Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida ikkita nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dastlab «Guliston»ga qarshi kechgan o`yinda 3:3 hisobi qayd etildi. Unda «Neftchi» gollarga «Lokomotiv»dan kelib, jamoa safida shug`ullanayotgan Pavel Smolyachenko, «Nasaf»dan kelib qo`shilgan Mirzakamol Kamolov hamda Mo`ydin Mamazulumov mualliflik qildi. «Guliston» rasmiy sayti xabariga ko`ra, Sirdaryo jamoasi gollari Sarvar Jo`raev, Konstantin Boev va Rustam Qodirov hisobiga yozildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi o`yin o`tkazildi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. «Neftchi» gollariga Sardor Mirzaev va Iqbol Akramov mualliflik qildi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb