24 iyul kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida «So`g`diyona» va «Buxoro» o`rtasida nazorat o`yini bo`lib o`tdi. Bu haqda «So`g`diyona» rasmiy sayti xabar berdi.
Ta`kidlash joiz, Jizzaxning «So`g`diyona» va Buxoroning «Buxoro» klublari Oliy Liga ikkinchi davra bahslariga Toshkentda tayyorgarlik olib borishmoqda.
Chorshanba kuni bo`lib o`tgan o`zaro o`yinda darvozalarga jami oltita gol kiritildi, hisob 3:3 ko`rinishini oldi.
Ma`lumot o`rnida, bungacha «Navbahor»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan jizzaxliklar 25 iyul kuni «Sho`rtan», 26 iyul kuni «NBU-Osiyo»ga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushishadi.