«Andijon» «Navbahor» bilan nazorat o`yini o`tkazadi

O`zbekiston Birinchiligining peshqadamlaridan biri – «Andijon» 22 iyuldan ikkinchi bosqich o`yinlariga tayyorgarlik boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoani Shahboz Jumaboev, Aleksandr Lupashko, Asker Najafaliev, Asqar Jadigerov tark etgan. «Paxtakor-2»dan Asilbek Mansurov «Andijon» mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda.

Murabbiylar shtabida ham bir qator o`zgarishlar yuz bergan. Klub rasmiy saytida qayd etilishicha, ikkinchi bosqich o`yinlarida bosh murabbiy Azamat Abduraimovga Orif Mamatkazin yordam beradi. O`z vaqtida «Andijon» bosh murabbiyi sifatida ishlagan Mamatkazin bungacha «Nasaf»da ishlab kelayotgan edi.

Jamoa ikkinchi bosqich o`yinlariga tayyorgarlik doirasida 31 iyul kuni nazorat o`yini o`tkazishni rejalashtirgan. Andijondagi «Sog`lom avlod» stadionida 18:45da boshlanadigan o`yinda Namanganning «Navbahor» jamoasi Abduraimov shogirdlariga raqib bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb