«Navbahor» Toshkent yig`ini doirasida «Qizilqum» va «Mash`al»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Navbahor» 23 iyul «So`g`diyona»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Toshkent yig`inidagi navbatdagi o`yinlar «Qizilqum» va «Mash`al»ga qarshi o`tkaziladi.
Jamoa tarkibida Inom Otaboev va «Qizilqum»dan Yannis Manzukas ko`rikdan o`tmoqda.
«Navbahor» futbolchilari 25 va 27 iyul kunlari «Futbol-Med»da tibbiy ko`rikdan o`tishadi.