«So`g`diyona» o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazadi

Ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi bir qator nazorat o`yinlari o`tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoa Toshkent yig`ini doirasidagi dastlabki nazorat o`yinini 23 iyul kuni «Navbahor»ga qarshi o`tkazdi. Jamoa, rejaga ko`ra, 24 iyul kuni «Buxoro», 25 iyul kuni «Sho`rtan», 26 iyul kuni esa «NBU-Osiyo»ga qarshi o`yinlarda maydonga tushadi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, 23 iyul kuni jamoa safiga asosiy darvozabon – Aleksandr Melenchuk ham kelib qo`shilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb