Pavel Smolyachenko «Dinamo» mashg`ulotlarida qatnashmoqda

2013 yilgi mavsumni Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida boshlagan yarim himoyachi Pavel Smolyachenko Samarqandning «Dinamo» jamoasi mashg`ulotlarida qatnashmoqda. Bu haqda Samarqand klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Kuni kecha «Dinamo» safiga «Lokomotiv»dan Pavel Smolyachenko va birinchi davrani «Qizilqum» safida o`tkazgan Farrux Shotursunovlar kelib qo`shilishdi. Bu futbolchilar hozirda ko`rikdan o`tishmoqda», - deyiladi «Dinamo» rasmiy saytidagi xabarda.

Qayd etish joiz, har ikkala futbolchi 23 iyul, seshanba kuni «Paxtakor»ga qarshi kechgan nazorat o`yinida «Dinamo» tarkibida maydonga tushdi.

Qo`shimcha qilinishicha, jamoada ko`rikda o`tgan nigeriyalik futbolchilarga javob berib yuborilgan. Shuningdek, ukrainalik legioner Vladimir Kilikevich ham ayni vaqtda jamoa bilan birga emas.

Ko`rikdan o`tgan bir qator futbolchilar – Alisher Samatov va Avaz Agalievning jamoada qolishi aniq bo`lib ulgurgan. Shuningdek, bir qator yangi futbolchilarga ham shartnoma taklif etilishi kutilmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb