Farg`onaning «Neftchi» klubi yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
2013 yilgi mavsumning birinchi yarmini amaldagi chempion – «Paxtakor» safida o`tkazgan yarim himoyachi G`ulom O`runov Farg`onaning «Neftchi» klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
«Shu vaqt ichida O`runov murabbiylar kutgan o`yinni namoyish eta olsa, bitim muddati yana bir yilga uzaytiriladi», - deyiladi «Neftchi» rasmiy saytidagi xabarda.
Qayd etish joiz, farg`onaliklar bungacha «Lokomotiv» hujumchisi Zayniddin Tojiev, «Nasaf» darvozaboni G`ayrat Hasanov va yarim himoyachisi Mirzakamol Kamolov bilan shartnoma imzolagan edi.