«Sho`rtan» 2 avgustgacha Toshkentda mashg`ulotlar olib boradi

G`uzorning «Sho`rtan» klubi ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik doirasida bir qator nazorat o`yinlarida maydonga tushadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Zoir To`raqulov qo`l ostidagi «Sho`rtan» jamoasi 23 iyuldan Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshladi. 2 avgustga qadar davom etadigan yig`in doirasida 25 iyul kuni «So`g`diyona», 27 iyul kuni esa «NBU-Osiyo» jamoalariga qarshi nazorat o`yinlari o`tkaziladi.

«Tarkib borasida to`xtaladigan bo`lsak, ayni paytda «Sho`rtan»ni tark etganlar va yig`inda ishtirok etayotgan yangi futbolchilar bor. Ammo bosh murabbiy hozircha bu borada biror bir aniq fikr bildirishni ma`qul ko`rmayapti. Sababi, aynan mana shu bugundan boshlanadigan hal qiluvchi tayyorgarlik bosqichi va o`tkazilishi kutilayotgan sinov-nazorat uchrashuvlaridan so`ng yakuniy tarkib masalasi oydinlashadi», - deyiladi «Sho`rtan» rasmiy saytidagi xabarda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb