«So`g`diyona» «Navhabor»ni mag`lubiyatga uchratdi

23 iyul, seshanba kuni ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan Jizzaxing «So`g`diyona» va Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasida nazorat o`yini bo`lib o`tdi.

«So`g`diyona» rasmiy sayti xabariga ko`ra, Ilyos Qurbonov va Orif Mamajonov tomonidan kiritilgan gollar «So`g`diyona»ga 2:0 hisobida g`alab keltirgan.

«Navbahor» rasmiy saytida qayd etilishicha, «Jizzaxning «So`g`diyona» klubiga qarshi uchrashuvda murabbiylarimiz ayrim o`yinchilarni inobatga olmaganda safga davralar oralig`ida kelib qo`shilgan va asosiy tarkibga kirishga da`vogarlik qilayotgan futbolchilar xizmatidan foydalanishdi».

mib
uzcard
cola
apex
bmb