Ikkinchi davra o`yinlariga Toshkentda tayyorgarlik ko`rayotgan Farg`onaning «Neftchi» klubi 22 iyul kuni «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda «Neftchi» rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Lokomotiv» va «Neftchi» o`rtasidagi bahs 3:2 hisobida farg`onaliklar foydasiga hal bo`ldi. Uchrashuvda farg`onaliklarning gollari Zayniddin Tojiev, Vyacheslav Ponomaryov va Sardor Soibov hisobiga yozildi.
Bundan tashqari, «Lokomotiv» rasmiy sayti xabariga ko`ra, «temiryo`lchilar» «Buxoro»ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushishgan. O`yin 4:1 hisobida toshkentliklar foydasiga hal bo`lgan. Aleksandr Shadrin, Akmal Xolmatovning gollari Dilshod Rahmatullaevning dubli «Lokomotiv»ga g`alaba keltirgan bo`lsa, «Buxoro»ning yagona goli Vohid Shodiev hisobiga yozilgan.