«Neftchi» «Olmaliq»ni yirik hisobda mag`lub etdi

Zayniddin Tojiev va Mirzakamol Kamolov «Neftchi» safidagi dastlabki gollarini urishga muvaffaq bo`lishdi. Bu haqda «Neftchi» rasmiy sayti xabar bermoqda.

21 iyul, yakshanba kuni Farg`onaning «Neftchi» klubi Toshkentdagi o`quv-mashg`ulotlari doirasida «Olmaliq»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Zayniddin Tojiev, Sardor Mirzaev va Mirzakamol Kamolovning gollari «Neftchi»ga 3:0 hisobidagi yirik g`alaba keltirdi.

«Neftchi» Toshkentdagi yig`inlar doirasida, shuningdek, «Lokomotiv», «Guliston», «Dinamo» va «So`g`diyona»ga qarshi nazorat o`yinlari o`tkazadi. «Olmaliq»ga esa «Metallurg» va «Buxoro» jamoalari raqib bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb