«Nasaf» o`rtoqlik uchrashuvida «Navbahor ustidan g`alaba qozondi

21 iyul kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan Qarshining «Nasaf» va Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasida nazorat o`yini bo`lib o`tdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida «Nasaf» foydasiga hal bo`ldi. Qarshilik futbolchilar birinchi bo`limda Azamat Allaniyozovning aniq zarbasidan so`ng hisobda oldinga chiqib olishdi, biroq birinchi bo`lim oxirida «Nasaf» darvozasiga belgilangan penaltidan «Navbahor» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov aniq foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo`limda «Nasaf» tashabbusga erishib, ikki marta penalti tepish imkoniga ega bo`ldi. Biroq, birinchi vaziyatda Erkin Boydullaevning zarbasini «Navbahor» darvozaboni Islom Jo`raev qaytargan bo`lsa, ikkinchi vaziyatda Ilhom Shomurodov zarbasidan so`ng to`p darvoza ustuniga tegib qaytdi. O`yin oxirida esa Laziz Ubaydullaev 18 metrlar masofadan yo`llagan aniq zarbasi «Nasaf»ga g`alaba keltirdi.

«Nasaf» rasmiy sayti xabariga ko`ra, ushbu uchrashuv yakuniga etgach, jamoa futbolchilariga qisqa ta`til e`lon qilingan. Jamoa 23 iyul kuni Qarshida yig`ilib, tayyorgarlikni voha markazida davom ettiradi. «Navbahor» rasmiy sayti xabariga ko`ra, namanganliklar 24 iyul kuni Qiziltog` shaharchasida Zarafshonning «Qizilqum» klubiga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb