Ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Mashg`ulotlarda ishtirok etayotgan «Nasaf»ning sobiq o`yinchilari - darvozabon G`ayratjon Hasanov va yarim himoyachi Mirzakamol Kamolov ikkinchi davrani «Neftchi»da o`tkazadigan bo`lishdi. Bu futbolchilar bilan yaqin orada shartnoma imzolanadi», - deyiladi Farg`ona klubi rasmiy saytida.
Eslatib o`tamiz, «Neftchi» 21-27 iyul kunlari davomida «Olmaliq», «Lokomotiv», «Guliston», «Dinamo», «So`g`diyona» jamoalariga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushadi.