Samarqandning «Dinamo» klubi Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik doirasida 20 iyuldan Toshkentda yig`inlarni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ravshan Haydarov shogirdlari Toshkent yig`ini doirasida uchta o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirishgan. 23 iyul kuni «Paxtakor», 25 iyul kuni «Neftchi», 28 iyul kuni esa «Olmaliq» jamoalari samarqandliklarga raqib bo`ladi.
«Dinamo» 29 iyul kuni, Toshkentdagi yig`inlarni yakunlab, Samarqandga qaytadi.